» » O‘zbekistonda qo‘riqlash xizmati xodimi davlat organi vakili hisoblanishi va davlat himoyasi ostida bo‘lishi belgilandi

O‘zbekistonda qo‘riqlash xizmati xodimi davlat organi vakili hisoblanishi va davlat himoyasi ostida bo‘lishi belgilandi


Hukumat qarori bilan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorda belgilanishicha, Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari Milliy gvardiyaga o‘tkazilgan.

Nizomga muvofiq, qo‘riqlash xizmatining asosiy vazifasi shartnoma asosida davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini qo‘riqlashni ta’minlash hisoblanadi.

Qo‘riqlash xizmati uchun narx davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun Moliya vazirligi bilan kelishib, boshqa tashkilotlar uchun Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan mustaqil belgilanadi.

Nizom bilan Qo‘riqlash xizmatining majburiyatlari va huquqlari, naryadlarning faoliyatini tashkil etish, xodimlarning javobgarligi belgilab berildi.

Xususan, Qo‘riqlash xizmati xodimi davlat organi vakili hisoblanadi va davlat himoyasi ostida bo‘ladi.

Qo‘riqlash xizmati xodimi xizmat vazifasini bajarishda faqat bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshlig‘iga (komandiriga) va mas’ul navbatchiga bo‘ysunadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют