» » Chegarada transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruviga qancha vaqt sarflayotgani ma’lum bo‘ldi

Chegarada transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruviga qancha vaqt sarflayotgani ma’lum bo‘ldi


Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston chegara-bojxona postlari orqali harakatlangan avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha sarflangan o‘rtacha vaqt yuzasidan joriy yilning iyun oyi natijalarini chegara bojxona postlari kesimida e’lon qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Avtobuslar qaysi chegara-bojxona postida bojxonadan tezroq o‘tishgan?

Chegara-bojxona postlari orqali iyun oyi davomida 4019 ta avtobuslar harakatlangan va ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 1 soat 11 daqiqa 4 soniya sarflangan.

Yengil avtomashinalar qaysi chegara-bojxona postida bojxonadan tezroq o‘tishgan?

Chegara-bojxona postlari orqali iyun oyi davomida 78 023 ta yengil avtomobil harakatlangan va ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 12 daqiqa 42 soniya sarflangan.

Yuk avtotransport vositalari qaysi chegara-bojxona postida bojxonadan tezroq o‘tishgan?

Chegara-bojxona postlari orqali iyun oyi davomida 46 943 ta yuk avtotransport vositasi harakatlangan va ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 19 daqiqa 31 soniya sarflangan.

Eng ko‘p, ya’ni 6195 ta yukavtotransport vositalari “Navoiy” chegara-bojxona posti orqali harakatlangan va ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 30 daqiqa 34 soniya sarflangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют