» » “Suriyani yenga olmasak, mundialda nima bor?!”

“Suriyani yenga olmasak, mundialda nima bor?!”


Kecha — 23-mart kuni Suriya va O‘zbekiston terma jamoalari Malayziyada o‘zaro to‘qnash keldi. Bellashuv suriyaliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Uchrashuv oldidan “Daryo” o‘z o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan bo‘lib, bunda Suriyaga qarshi o‘yindan nima kutilayotgani borasidagi variantlar muhokamaga qo‘yilgandi.

So‘rovnomada eng ko‘p ovoz “Suriyani yenga olmasak, mundialda nima bor?!” variantiga berildi. Ovoz beruvchilarning 35 foizi mundial uchun munosib jamoa Suriyani bemalol yengishi kerak degan variantga ishongan.

Ovoz berishda ishtirok etganlarning 29 foizi Suriyani O‘zbekiston termasi uchun raqib hisoblamagan hamda Samvel Babayan jamoasi qiyinchiliksiz zafar quchishiga ishongan.

Eng kam ovoz durang uchun berildi — 4 foiz. Eron va Janubiy Koreya termalari Suriya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lib, kechagi bellashuvning asosiy vaqtida ham shu holat kuzatilayotgandi. So‘nggi daqiqadagina suriyaliklar g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ishtirokchilarning 13 foizi aynan Suriyaning g‘alabasini taxmin qilgan bo‘lib chiqdi. 13 raqami kim uchundir omadsiz hisoblanadi. Qiziq tomoni, o‘zbekistonliklar uchun xush kelmaydigan natijani shuncha foiz odam oldindan bilgandi.

Опубликовано: admin (24-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют