» » O‘zbekiston Liga Kubogi. “Dinamo” yutqazdi, “Qizilqum” va “So‘g‘diyona”da esa g‘alaba

O‘zbekiston Liga Kubogi. “Dinamo” yutqazdi, “Qizilqum” va “So‘g‘diyona”da esa g‘alaba


5—6-iyul kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston Liga Kubogining 3-turi doirasida 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

5-iyul, juma kuni Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi safarda Mirjalol Qosimov boshliq Olmaliqning OKMK jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida OKMK vakillari Bobur Yo‘ldoshev (7), Mirjamol Qosimov (20), Zafar Polvonov (55), San’at Shixov (75) bittadan gol urgan bo‘lsa, mehmonlardan Sanjar Rixsiboyev (27), Xurshid G‘iyosov (71, penalti), Mirjahon Mirahmadov (73) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa olmaliqliklar musobaqaning 3-turida “qaldirg‘ochlar”ni 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

6-iyul, shanba kuni Samarqandning “Dinamo” klubi mamlakatning quyi divizioni vakili (Pro A ligasi) G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi mehmoni bo‘ldi.

Bellashuvning 12-daqiqasida samarqandliklar yarim himoyachisi Jasur Ashurov hisobni ochgan bo‘lsa, 73-daqiqaga kelib mezbon jamoa hujumchisi Sherzod Temirov hisobni tenglashtirdi (1:1). 90+6-daqiqada esa himoyachi Xolmurod Xolmurodov g‘uzorliklarning g‘alaba goliga mualliflik qildi (2:1).

Shu tariqa “Dinamo” safarda kechgan bahsda “Sho‘rtan”ga yutqazib qo‘ydi.

Bekobodning “Metallurg” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qildi.

O‘yindagi yagona gol 6-daqiqada kiritildi. Unga Navoiy klubi yarim himoyachisi Humoyun Abdualiyev mualliflik qildi.

Natijada “Qizilqum” 3-turda “Metallurg”dan ustun keldi (1:0).

Kunning so‘nggi bahsida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi Termizning “Surxon” jamoasi bilan o‘ynadi.

To‘qnashuvda Termiz klubi yarim himoyachisi Ayubxon No‘monovning 12-daqiqada penaltidan urgan goliga mezbonlar Sanjar Rashidov (21) hamda Oybek Nurmatovning (90+3) goli bilan javob qaytardi (2:1).

O‘yin yakuniga ko‘ra, “So‘g‘diyona” o‘z uyida “Surxon”ni mag‘lub etdi.

O‘zbekiston Liga Kubogi

3-tur bahslari

5-iyul, juma

Gollar: 1:0 — 7 Bobur Yo‘ldoshev, 2:0 — 20 Mijamol Qosimov, 2:1 — 27 Sanjar Rixsiboyev, 3:1 — 55 Zafar Polvonov, 3:2 — 71, penalti, Xurshid G‘iyosov, 3:3 — 73 Mirjahon Mirahmadov, 4:3 — 75 San’at Shixov

6-iyul, shanba

Gollar: 0:1 — 12 Jasur Ashurov, 1:1 — 73 Sherzod Temirov, 2:1 — 90+6 Xolmurod Xolmurodov

Gol: 0:1 — 6 Humoyun Abdualiyev

Gollar: 0:1 — 12, penalti, Ayubxon No‘monov, 1:1 — 21 Sanjar Rashidov, 2:1 — 90+3 Oybek Nurmatov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют