» » O‘zbekiston Liga Kubogi. “Lokomotiv” va OKMKda g‘alaba, “Surxon” esa yirik hisobda yutqazdi

O‘zbekiston Liga Kubogi. “Lokomotiv” va OKMKda g‘alaba, “Surxon” esa yirik hisobda yutqazdi


1-iyun, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Liga Kubogi 1-turi doirasida 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Andrey Fyodorov qo‘l ostidagi Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida “Buxoro” jamoasini qabul qildi.

O‘yinda mehmon jamoa a’zosi Akobir To‘rayev urgan golga “temiryo‘lchilar” Azizbek Omonovning dubli bilan javob qaytardi (2:1).

Shu tariqa poytaxt jamoasi o‘z uyida kechgan bahsda buxoroliklardan ustun keldi.

Samarqandning “Dinamo” jamoasi Termizning “Surxon” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida Sanjar Baratov (2, 63), Amirjon Safarov (70), Damir Temirov (78), Jasur Azimov (90+2) tomonidan kiritilgan gollar samarqandliklarning “Surxon” ustidan yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi (5:0).

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi Olmaliqning OKMK klubi Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvda Olmaliq klubi a’zosi Mirjamol Qosimov dublga erishgan bo‘lsa (51, 67), Shahzod Nurmatov (81) hamda Shohnazar Norbekov (89) ham o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa OKMK “Qizilqum” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi (4:0).

Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi safarda A Pro-Ligada (Superligadan ikkinchi o‘rinda turuvchi divizion) to‘p suruvchi G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi bilan bellashdi.

Bellashuvning 18-daqiqasida mezbon jamoa vakili Jasur Xolto‘rayev hisobni ochgan bo‘lsa, 84-daqiqaga kelib “So‘g‘diyona” o‘yinchisi Shohruz Norxonov hisobni tenglashtirdi.

Natijada Jizzax klubi mehmonda “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi (1:1).

Shu kuni “Andijon” klubi “Mash’al” bilan o‘ynadi.

To‘qnashuvning 3-daqiqasidayoq andijonliklar a’zosi Sardor Sulaymonov hisobni ochdi (1:0). Oradan 3 daqiqa o‘tib maydon egalari vakili Ma’ruf Jumayev hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 59-daqiqaga kelib Dilshod Rahmatullayev “Andijon”ni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 69-daqiqada esa Ma’ruf Jumayev dublga erishdi (2:2). Uchrashuvdagi g‘alaba golini mehmon jamoa hujumchisi Shahboz Jumaboyev 11 metrlik jarima zarbasidan urdi (3:2).

Shu tariqa “Andijon” qiyin kechgan bahsda “gazchilar”dan ustun keldi (3:2).

Liga Kubogi

1-tur bahslari

1-iyun, shanba

Gollar: 0:1 — 42 Akobir To‘rayev, 1:1 — 75 Azizbek Omonov, 2:1 — 81 Azizbek Omonov

Gollar: 1:0 — 2 Sanjar Baratov, 2:0 — 63 Sanjar Baratov, 3:0 — 70 Amirjon Safarov, 4:0 — Damir Temirov, 5:0 — 90+2 Jasur Azimov

Gollar: 1:0 — 51 Mirjamol Qosimov, 2:0 — 67 Mirjamol Qosimov, 3:0 — 81 Shahzod Nurmatov, 4:0 — 89 Shohnazar Norbekov

Gollar: 1:0 — 18 Jasur Xolto‘rayev, 1:1 — 84 Shohruz Norxonov

Gollar: 0:1 — 3 Sardor Sulaymonov, 1:1 — 6 Ma’ruf Jumayev, 1:2 — 59 Dilshod Rahmatullayev, 2:2 — 69 Ma’ruf Jumayev, 2:3 — 82, penalti, Shahboz Jumaboyev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 01:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют