» » Surxondaryoda hojatxonaga tashlab ketilgan chaqaloqning ahvoli yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berdi

Surxondaryoda hojatxonaga tashlab ketilgan chaqaloqning ahvoli yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Surxondaryoning Denov tumanida hojatxonaga tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqning ahvoli haqida “Daryo”ga ma’lumot berdi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq 2-iyul kuni Denov tumanidagi “Lolazor” buyum bozori hududidagi hojatxonadan topilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari va tez tibbiy yordam shifokorlari chaqaloqqa voqea joyida birinchi tez tibbiy yordamni ko‘rsatgan. Chaqaloq 2-sonli viloyat perinatal markaziga og‘ir ahvolda olib kelingan. Bola ancha vaqt nazoratsiz qolib ketgani uchun og‘ir ahvolda bo‘lgan, ammo shifokorlarning sa’y-harakatlari bilan uning hayoti saqlab qolingan.

Shifokorlarning xulosasiga ko‘ra, bola chala tug‘ilmagan, vaqtida tug‘ilgan, kasallik alomatlari topilmagan. Pulmonolog, kardiolog va pediatr tomonidan o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tekshiruv ham bola sog‘lomligini ko‘rsatgan.

Ayni paytda bola tibbiyot xodimlari tomonidan sun’iy oziqlantirilmoqda. Chaqaloq jinsi — qiz bola, og‘irligi — 3500 gramm, bo‘yi — 50 santimetr.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют