» » Mudofaa vaziri o‘rinbosarining navbatdagi sayyor qabuli Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida o‘tkaziladi

Mudofaa vaziri o‘rinbosarining navbatdagi sayyor qabuli Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida o‘tkaziladi


O‘zbekiston Mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, vazirning o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov boshchiligida mansabdor shaxslardan iborat guruh 9—14-iyul kunlari Markaziy harbiy okrug hududidagi viloyat markazlarida sayyor qabullar o‘tkazadi, bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Sayyor qabul harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda harbiy pensionerlar, fuqarolarning muammolari, talab, taklif va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Sayyor qabullar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar quyida keltirilgan kunlarda o‘tkaziladi:

— 9-iyul kuni – Samarqand viloyati Samarqand shahridagi viloyat Yoshlar markazida;

— 10-iyul kuni – Jizzax viloyati Jizzax shaharidagi viloyat Yoshlar markazida;

— 11—12-iyul kunlari – Navoiy viloyati Navoiy shahridagi viloyat Yoshlar markazi hamda Zarafshon va Uchquduq shaharlarida.

Shuningdek, sayyor qabulga viloyatlarning davlat va jamoat tashkilotlari mansabdor shaxslari ham jalb etiladi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Mudofaa vazirining o‘rinbosari boshchiligida Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro hamda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan sayyor qabul vaqtida mingdan ziyod murojaat ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati ijobiy hal etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют