» » Sirdaryoda 3 ta jome masjidi to‘liq yangidan qurilmoqda

Sirdaryoda 3 ta jome masjidi to‘liq yangidan qurilmoqda


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov Sirdaryo viloyatida qayta qurilayotgan masjidlar bilan tanishdi.

Hozirgi kunda Sirdaryo viloyatida “Baxt”, “Ismoil Buxoriy”, “Muhammad Bobur” jome masjidlari to‘liq yangidan qurilayotgan bo‘lsa, “Akbarali ota”, “Yangi hayot”, “Ahmadxo‘ja” masjidlari ham shu yili qaytadan qurilishi rejalashtirilgan.

M.Qayumov qurilish jarayoni bilan tanishar ekan, har bir ishni mahalla faollari bilan bamaslahat, hamfikr bo‘lib olib borish, masjid me’moriy uslublarida milliy va zamonaviy an’analardan uyg‘un holda foydalanish lozimligi, tahoratxonalarda keksalar holatini alohida hisobga olish hamda nogironligi bor fuqarolar uchun ham maxsus sharoitlar qilish yuzasidan tavsiyalar berdi.

E’tiborlisi, “Baxt” jome masjidi avvalgi joylashgan o‘rnidan biroz markazda, ya’ni M-34 magistral yo‘li bo‘yida qurilmoqda. Bu esa nafaqat hudud aholisi, balki mahalliy yo‘lovchilar ham ibodatlarini ado etib olishi uchun qulaylik tug‘diradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют