» » O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida yetti kanalli call-markaz ishga tushirildi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida yetti kanalli call-markaz ishga tushirildi


O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi negizida yetti kanalli call-markaz ishga tushirildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Call-markaz orqali O‘zbekiston fuqarolari avtomatik tarzda o‘zbek va rus tillarida konsullik-huquqiy sohasiga doir axborotlarni (Rossiyaning turli hududlaridagi konsullik muassasalarining manzili, ish tartibi va hududiy taqsimoti, ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda har bir xizmat uchun zarur bo‘lgan hujjatlar) olish imkoniga ega bo‘ladi.

Yuzaga keladigan savollarni aniqlashtirish uchun operator bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud. Avtomatik javob berish tizimi qo‘ng‘iroq qilayotgan shaxsga ma’lumot olish yoki operator bilan bog‘lanish uchun harakatlar ketma-ketligini tushuntiradi.

Shuningdek, operatorlar yaqin muddatda javob berishi mumkinligi va murojaat qiluvchining kutish navbati ham aytiladi. Ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini nazorat qilish maqsadida barcha ovozlar yozib olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют