» » Samarqandda katta miqdorda soliq qarzdorligi naqd shaklida to‘landi

Samarqandda katta miqdorda soliq qarzdorligi naqd shaklida to‘landi


Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan Samarqand viloyati iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor hisoblangan “Ishchi ta’minot” MChJning 1 milliard 620 million so‘m soliq qarzdorligi undirildi. Bu haqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qarzdorning mol-mulklarni qidirish maqsadida, mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborilib, unga tegishli bo‘lgan Samarqand shahar Rudakiy ko‘chasida joylagan 78-uyning birinchi qavatida joylashgan 6 xonadan iborat 2 ming 389 kvadrat metr bo‘lgan savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish binosi mavjud ekanligi aniqlangan. Ijro harakatlari davomida ushbu ko‘chmas mulk obyektiga taqiq qo‘yilib, 1 milliard 620 million so‘m naqd pullarni soliq qarzlarini to‘liq qoplash uchun bank kassasiga topshirdi.

Shuningdek, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzini qoplamaganligi sababli 32 million 411 ming so‘m ijro yig‘imi va sud tomonidan qo‘llanilgan davlat bojlari ham undirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют