» » Samarqandda Malibu va Lacetti soliq qarzdorligi uchun sotildi

Samarqandda Malibu va Lacetti soliq qarzdorligi uchun sotildi


Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ijro ish yurituvidagi Samarqand viloyat iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor OR GOLDEN OIL mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 1 milliard 558 million 449 ming so‘m soliq qarzini undirish belgilangan. Bu haqda MIB Samarqand shahar bo‘limi xabar berdi.

Qarzdor OR GOLDEN OIL mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni qidirish maqsadida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 87-moddasiga asosan tegishli mutasaddi tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborildi.

Mutasaddi idoralarga yuborilgan so‘rov xatlari asosida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdorga tegishli bo‘lgan 2014-yilda ishlab chiqarilgan Malibu rusumli va 2011-yilda ishlab chiqarilgan Lacetti rusumli avtotransport vositalari mavjudligi aniqlandi.

Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisining qarzdorga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarga nisbatan qidiruv e’lon qilish to‘g‘risidagi qaroriga asosan avtotransport vositalariga qidiruv e’lon qilindi.

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan qidiruv ishlari olib borish jarayonida Malibu va Lacetti rusumli avtotransport vositalari xatlanib, jarima maydonchasiga saqlash uchun topshirildi.

Xatlangan avtotransport vositalarini baholash maqsadida mutaxassis tayinlandi va “Elektron baholash” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2014-yilda ishlab chiqarilgan Malibu rusumli avtotransport vositasi 114 million 632 ming so‘mga hamda 2011-yilda ishlab chiqarilgan Lacetti rusumli avtotransport vositasi 55 million 594 ming so‘mga baholandi.

Baholangan avtotransport vositalarini realizatsiya qilish maqsadida davlat ijrochisining tegishli qaroriga asosan “E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarildi.

Sotuvdan tushgan 170 million 226 ming so‘m mablag‘ qarzdor OR GOLDEN OIL mas’uliyati cheklangan jamiyatining soliq qarzdorligini qoplash uchun o‘tkazib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют