» » Novosibirsk aeroportida odam savdosida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bosh konsullik bunga izoh berdi

Novosibirsk aeroportida odam savdosida gumonlanayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bosh konsullik bunga izoh berdi


Novosibirskdagi Tolmachyovo aeroportida odam savdosi jinoyati uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulligi bu xabarlarga izoh berdi.

“Novosti Uzbekistana”ning yozishicha, Konsullik xodimlari Rossiya Transportdagi IIVning Sibir federal okrugi bo‘yicha boshqarmasi bilan bog‘lanib, hibsga olingan shaxs O‘zbekiston fuqarosi emas, Markaziy Osiyoning boshqa davlati fuqarosi ekanini aniqlagan.

Hisbsga olingan shaxs aynan qaysi davlat fuqarosi ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, gumonlanuvchi 32 yoshli shaxs Yoqutistonga reys ro‘yxatga olinayotgan vaqtda ushlangan. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda uni vataniga ekstraditsiya qilish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2019, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют