» » Saylov kodeksidagi asosiy yangiliklar nimalardan iborat?

Saylov kodeksidagi asosiy yangiliklar nimalardan iborat?


Barcha xalqaro standartlarni o‘zida aks ettirgan saylov kodeksi ikki qism, 18 bob, 103 moddadan iborat bo‘lib, ilgari saylov qonunchiligimizda mavjud bo‘lmagan mutlaqo yangi tartib va qoidalar bilan yanada takomillashtirildi, bu haqda Qonunchilik muammolari instituti xabar qiladi.

Xususan:

— O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari uchun Qonunchilik palatasiga maxsus o‘rin ajratish tartibi bekor qilindi, bunda Qonunchilik palatasidagi deputatlik (150 nafar) o‘rinlari saqlab qolindi;

— saylovchilar yagona elektron ro‘yxatining amal qilish tartibi qonun darajasida belgilandi, yagona hujjat — saylov byulletenini joriy etish orqali “saylov varaqasi” bekor qilinib, muddatdan oldin ovoz berish va saylov kuni ovoz berishdan foydalanish imkoni yaratildi;

— saylovlarni tashkillashtirish, o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi;

— saylovchiga siyosiy partiyalar tomonidan imzolar to‘plash jarayonida bir necha nomzodlar yoki partiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun imzo qo‘yish imkoni berildi;

— saylovchi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga + yoki ? yoxud X belgisini qo‘yishi mumkinligi belgilandi;

— barchaning tanishib chiqishi uchun uchastka saylov komissiyasining ovozlarni sanab chiqish haqidagi bayonnoma nusxalarini saylov uchastkasida 48 soatdan kam bo‘lmagan muddatga darhol osib qo‘yish tartibi joriy etildi;

— davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov paytida saylov okruglarini tuzishdagi saylovchilar sonidagi mumkin bo‘lgan maksimal farq 10 foizdan oshmasligi haqidagi qoida nazarda tutildi;

— uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinishi hamda tegishli saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etilishi nazarda tutildi;

— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlar bir paytning o‘zida o‘tkazilgan hollarda yagona saylov uchastkasini tashkil etish ko‘zda tutildi;

— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini saylash tartibi qonun darajasida belgilandi;

— barcha darajadagi saylov komissiyalari a’zolariga qo‘yiladigan talablar (yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolar viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasining, okrug va uchastka saylov komissiyasining a’zolari bo‘lishi mumkin) mustahkamlandi;

— uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinishi hamda tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etilishi tartibi belgilandi;

— Markaziy saylov komissiyasi a’zolariga Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolariga nisbatan qo‘llaniladigan daxlsizlik to‘g‘risidagi qoidalar tatbiq etilishi nazarda tutildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2019, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют