» » Turkiyadagi mahalliy saylovlar natijasi bekor qilindi. Unda Erdo‘g‘on partiyasi mag‘lub bo‘lgan edi

Turkiyadagi mahalliy saylovlar natijasi bekor qilindi. Unda Erdo‘g‘on partiyasi mag‘lub bo‘lgan edi


Istanbulda Adolat va rivojlanish partiyasining (ARP) nomzodi yutqizgan saylov natijalariga bekor qilindi, deb xabar beradi Anadolu.

Shahar merlarini tayinlash bo‘yicha saylov natijalarini bekor qilish qarori Turkiya Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilindi. Joriy yilning 23-iyun kuni qayta ovoz berish jarayonlari o‘tkaziladi.

Istanbul va Anqaraga mer tayinlash bo‘yicha saylovlar 31-mart kuni o‘tkazilgandi. Istanbulda muxolifat Respublika xalq partiyasining nomzodi Akram Imomo‘g‘li yutib chiqqandi. U Erdo‘g‘onning partiyadoshi — sobiq bosh vazir va parlamentning eks-spikeri Binoli Yildirimni ortda qoldirgan.

Anqara, Istanbul va Izmirdagi natijalar e’lon qilingach, ARP saylovda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilganini ma’lum qilib, mahalliy saylovlar natijasi yuzasidan arz qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют