» » Sayyor qabulda 6 nafar fuqaro jazoni o‘tash muassasidan oilasi bag‘riga qaytarildi, 34 kishi jazoni o‘tashdan shartli ravishda ozod qilindi

Sayyor qabulda 6 nafar fuqaro jazoni o‘tash muassasidan oilasi bag‘riga qaytarildi, 34 kishi jazoni o‘tashdan shartli ravishda ozod qilindi


Prezident tashabbusi asosida sudlar tomonidan xalqning ishonchini qozonish, odamlarni qiynayotgan muammolarini chuqur o‘rganib joyidan hal etish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor sud majlislari va aholi bilan ochiq muloqotlar amalda kutilgan natijalarni bermoqda. Shuningdek, bu tadbirlar aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish, amaldagi qonunlar mazmun-mohiyatidan xabardor qilishda ham muhim omil bo‘lmoqda, deb O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Oliy sud rahbariyati tomonidan viloyatlarda muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan sayyor sud majlislari va aholi ochiq muloqotlarda fuqarolarning ko‘plab muammolari qonuniy yechimini topmoqda.

2019-yil 6—7-iyul kunlari Oliy sud raisi o‘rinbosari X. Yodgorov va Oliy sud sudyalari, viloyat sudi raislari tomonidan Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani va Termiz shahar xalq qabulxonalarida xalq bilan ochiq muloqot va sayyor qabullar o‘tkazildi. Sayyor qabulda 108 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.

Shundan 23 nafar fuqaroning shikoyat arizasi nazorat tartibida o‘rganish, 7 nafar fuqaroning arizasi esa, viloyat va tumanlararo sudlarida ko‘rib chiqish uchun qabul qilib olindi. 38 nafar fuqaroga murojaati yuzasidan qonuniy tushuntirish berildi. 40 nafar fuqaroning muammosi joyida hal qilindi: 6 nafar (1 ayol va 5 erkak) jazoni o‘tash muassasidan ozod qilinib, oilasiga qaytarildi. 34 nafar shaxs axloq tuzatish ishi, ozodlikdan cheklash kabi jazoni o‘tashdan shartli ravishda ozod qilindi.

Bundan tashqari sayyor qabullar jarayonida viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” markazi xodimlari bilan hamkorlikda notinch oilalar a’zolari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqotda oilaning muqaddasligi, farzand tarbiyasida tutgan o‘rni haqida batafsil tushuntirish berildi va “Farzand omonat” va “Ota” nomli videofilmlar namoyish etildi. Natijada 6 ta nizoli oila tiklandi. Shuningdek, murojaatchilarning aliment undirish, bolalar tarbiyasi va uy-joy bilan bog‘liq muammolari hal etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2019, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют