» » Ommaviy dam olish joylaridagi cho‘milish havzalarida fuqarolarga nimalar taqiqlanadi?

Ommaviy dam olish joylaridagi cho‘milish havzalarida fuqarolarga nimalar taqiqlanadi?


Suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi, bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qiladi.

— taqiqlovchi belgilar va “Xavfli!”, “Cho‘milish taqiqlanadi!”, “Sho‘ng‘ish (suvga sakrash) taqiqlanadi!” so‘zlari yozilgan joylarda cho‘milish va suvga sakrash;

— to‘sish belgilaridan o‘tib suzish;

— motorli, yelkanli kemalarga, eshkakli kemalarga va boshqa kichik o‘lchamli kemalar yaqiniga suzib borish;

— texnik va ogohlantirish belgilaridan va buyto‘siqlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;

— sakrash uchun moslanmagan inshootlardan hamda chuqurligi va tubining holati noma’lum bo‘lgan joylarda suvga sakrash;

— alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish va mast holatda cho‘milish;

— suvda sho‘ng‘ish va cho‘miluvchilarni ushlab olish bilan bog‘liq o‘yinlarni tashkil etish;

— yolg‘on trevoga signali berish;

— voyaga yetmaganlarni nazoratsiz qoldirish;

— suzish uchun avtomobil kameralari, taxtachalar va shu kabilardan foydalanish;

— plyajlar akvatoriyalarida motorli, yelkanli, eshkakli qayiqlardan, eshkakli va motorli kichik o‘lchamli kemalardan, suv velosipedlaridan foydalanish;

— kuchuklar va boshqa hayvonlarni o‘zi bilan olib kelish, cho‘miltirish, sayr qildirish;

— suv havzalarini iflos qilish, qirg‘oqda axlatlarni qoldirish;

— 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalar nazoratisiz yakka tartibda cho‘milishi;

— shisha buyumlar yoki boshqa xavfli buyumlarni qoldirish yoki plyaj materialiga ko‘mish;

— ovqat tayyorlash va isitish uchun olovdan foydalanish;

— tovush balandligi 90 dBdan ortiq bo‘lgan kuchli ovoz chiqarish qurilmalaridan foydalanish;

— qonunga zid boshqa xatti-harakatlarni sodir etish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2019, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют