» » FVV Ozbekistondagi barcha suv havzalaridan namunalar olinib, ularning holati organilganini bildirdi

FVV Ozbekistondagi barcha suv havzalaridan namunalar olinib, ularning holati organilganini bildirdi


Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan suv havzalarida dam olayotgan fuqarolarning xavfsizligini taminlashga bagishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda OzA xabar berdi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Sogliqni saqlash vazirliklari mutaxassislari ishtirok etdi.

Yoz oylarida havo ancha issiq boladi, shu bois Toshkent aholisi ham kop vaqtini suv havzalari yaqinida otkazadi. Ularning suv obektlaridagi beparvo xatti-harakatlari, togri tashkillashtirilmagan va nazoratsiz chomilish jiddiy xavflarga sabab boladi.

Afsuski, Toshkentning oziga xos iqlimi tufayli shaharda ommaviy chomilishni yolga qoyish uchun jihozlanishi mumkin bolgan suv havzalari u qadar kop emas. Muqobil joylar bolmagani sababli dam oluvchilar taqiq togrisidagi malumotnomaga etibor bermay, man etilgan suv havzalarida chomilib, ozlari va farzandlari hayotini jiddiy xavf ostiga qoyadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda holatlarning oldini olish boshqarmasi boshligi Shuhrat Dadaxonovning malum qilishicha, belgilanmagan joylarda chomilish suv obyektlarida insonlar halok bolishining asosiy sabablaridan biridir. Chomiluvchilarning xavfsizligini taminlash maqsadida 2018-yilda chomilish mavsumida FVV turli manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 146 dan ziyod reyd otkazdi. Suv havzalari yaqinida 810 ta ogohlantirish belgisi ornatildi, qariyb 47 ta kuzatuv posti tashkil etildi.

Statistikaga kora, yoz mavsumida ochiq suv havzalari va basseynlarda chomiladiganlarning asosiy qismi bolalar va yoshlar. Shu bois FVV xodimlari ular bilan tushuntirish ishlarini olib bordi. Masalan, 2018-yildan boshlab FVV tomonidan suv havzalari yaqinida ozini tutish qoidalari va belgilanmagan joylarda chomilish xavfini tushuntirishga bagishlangan seminar va suhbatlar tashkil etilgan.

Joriy yilda ham suv havzalarini organish va ularni chomilish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Bu borada mamlakatdagi barcha suv havzalaridan namunalar olinib, ularning sanitar va muhandislik-texnik holati organildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (31-05-2019, 08:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -