» » Guvoh tariqasida so‘roqqa chaqirilgan Almazbek Atamboyev IIV tergov boshqarmasiga kelmadi

Guvoh tariqasida so‘roqqa chaqirilgan Almazbek Atamboyev IIV tergov boshqarmasiga kelmadi


9-iyul kuni guvoh sifatida chaqirilgan Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasiga kelmadi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.

“Almazbek Atamboyevda sobiq prezident daxlsizligi hali mavjud. Huquq-tartibot organ xodimlarida uni so‘roqqa chaqirtirish vakolati yo‘q”,— deya Atamboyevning yuridik vakili Sergey Slesarev ma’lum qildi.

Atamboyev guvoh sifatida so‘roqqa chaqirtirilgandi. Biroq u borishdan bosh tortdi. Uning fikriga ko‘ra, “hukumat huquqiy maydondan chetga chiqdi”.

Hozirgi vaqtda Qirg‘iziston IIV jinoiy avtoritet Aziz Batukayev ozod qilinishi bo‘yicha ishni tergov qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют