» » O‘zbekistonda xodimlarini sirtqi va kechki ta’limda o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda xodimlarini sirtqi va kechki ta’limda o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi


Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi, shuningdek, tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Tasdiqlangan ro‘yxatda qayd etilgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2019/2020-o‘quv yili uchun 100 nafargacha xodimga tavsiyanoma berishi mumkinligi belgilab qo‘yildi.

Suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan, tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘lari ishlab turgan tashkilot (vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab berilishi ta’minlanadi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari muayyan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 20 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar bilan suhbatlar 10-avgustdan 20-avgustga qadar o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 106) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют