» » 8 ta korxonaning davlat ulushlari sotiladi — Qo‘ng‘irot soda zavodi, “Farg‘ona azot” AJ, Dehqonoboddagi kaliy zavodi va boshqalar

8 ta korxonaning davlat ulushlari sotiladi — Qo‘ng‘irot soda zavodi, “Farg‘ona azot” AJ, Dehqonoboddagi kaliy zavodi va boshqalar


12-iyul Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi Prezident Qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi  Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar qiladi.

Mazkur qarorga muvofiq davlat aktivlarini xususiy mulkka sotish hisobiga korxonalardagi davlat ulushini qisqartirish orqali tarmoning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni nazarda tutuvchi 2019—2030-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish Dasturi ma’qullangani ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, qiymati 12,1 mlrd AQSh dollariga teng 31 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi qayd etildi.

“Hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarimiz, ishlab chiqarish korxonalarimizning davlat ulushi va “O‘zkimyosanoat” AJga tegishli ulushlarini investorlarga investitsiya kiritish sharti bilan sotish rejalashtirilmoqda. Bunda sarmoyadorlar oldiga tarmoqqa yangi, zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalar olib kirish, xalqaro ekologik me’yorlarga rioya etish talab etiladi”, — dedi “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Odil Temirov..

Mutasaddilar aynan qaysi korxonalar ulushi sotilishiga aniqlik kiritdi.

“Jami 8 ta korxonamizning, jumladan, Qo‘ng‘irot soda zavodi, “Farg‘ona azot” AJ, Dehqonoboddagi kaliy zavodi, Birinchi rezina texnika zavodi va boshqa korxonalarning davlat ulushi va “O‘zkimyosanoat” AJ ulushlarini sotish belgilangan”, — dedi Odil Temirov.

Ma’lumot: “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati ammiak, karbamid, ammiakli selitra, ammoniy sulfati, ammofos va xlorli kaliy kabi mahsulotlarning eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. AJ hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan mineral o‘g‘itlarning turlari va hajmi bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi o‘rinni egallaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 47) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют