» » 12-iyulda Mudofaa vazirligiga qarashli respublikadagi barcha “Temurbeklar maktabi”da kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

12-iyulda Mudofaa vazirligiga qarashli respublikadagi barcha “Temurbeklar maktabi”da kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi


Bugun, 12-iyul kuni Mudofaa vazirligiga qarashli respublikadagi barcha “Temurbeklar maktabi”da kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar deparamenti “Daryo”ga xabar beradi.

Xususan, Farg‘ona viloyatida joylashgan “Temurbeklar maktabi”ga joriy yilda kasbiy-tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 500 dan ortiq 9-sinfni bitirgan o‘quvchi yoshlar o‘qishga kirish uchun test sinovlari topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan test imtihonlarini shaffofligini ta’minlash maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan barcha sharoitlar yaratildi. Farg‘ona ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati binosida o‘tkazilgan imtihon jarayonlarini abituriyentlarning ota-onalari bevosita kuzatishlari uchun imtihon binosining tashqarisiga ulkan monitorlar o‘rnatildi.

Ta’kidlash kerakki, bundayin imtihonlar Samarqand va Urganch shaharlarida joylashgan harbiy litseylarda ham bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yili qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, mamlakatdagi barcha harbiy litseylarga “Temurbeklar maktabi” deb nom berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil may oyida Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinishi haqida ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют