» » Trampning O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilmagan. Ammo kutilmagan o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin — AQSh elchisi

Trampning O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilmagan. Ammo kutilmagan o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin — AQSh elchisi


AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Deniyel Rozenblyum prezident Donald Trampning O‘zbekistonga tashrifi ehtimoliga izoh berdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

“Bilishimcha, AQSh prezidenti yoki vitse-prezidentining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha rejalar yo‘q. Biroq barchasi kutilmaganda o‘zgarishi mumkin. Men AQSh prezidenti tashrifidan faqat xursand bo‘lardim. Dunyoning ko‘pgina davlatlarida inqiroz kuzatilmoqda va afsuski, rahbarimizning e’tibori ularga qaratilgan”, — degan u Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Elchi, shuningdek, O‘zbekistonga tashrif buyurishning uchta sababni keltirib o‘tgan.

“Birinchisi, mamlakat, millatning nihoyatda boy tarixi, shuningdek, fan, san’at va arxitektura borasidagi mashhur ishlar. Ikkinchisi — menga o‘zbek taomlari juda yoqadi. Uchinchisi — juda mehmondo‘st va samimiy xalq. Ammo O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun uch emas, undan ancha ko‘p sabablarni keltirib o‘tishim ham mumkin”, — deb ta’kidlagan Rozenblyum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют