» » “Atletiko” “Barselona”ni sudga berishi mumkin

“Atletiko” “Barselona”ni sudga berishi mumkin


“Atletiko” hujumchi Antuan Grizmanning “Barselona”ga o‘tishi borasida bayonot berdi. Bu haqda klubning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Futbolchining vakili La Liga ofisida Madrid klubi bilan shartnomani bekor qilish uchun 120 million yevro to‘ladi — bu shartnoma bandida ko‘rsatilgan tovon puli hisoblanadi.

Shartnomaga ko‘ra, 1-iyuldan 28 yoshli futbolchining tovon puli 200 million yevrodan 120 millionga tushishi kuchga kirgan.

“Atletiko” rahbariyatining ta’kidlashicha, “Barselona” shu muddatga qadar Grizmann bilan transfer shartnomasi borasida kelishuvga erishgan. Shuning uchun, madridliklar 200 million yevroga ega bo‘lishi kerak.

Madrid klubi shu holat yuzasidan sudga murojaat qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Grizmann 15-may kuni “Atletiko”nit ark etishi haqida ma’lum qilgandi. “Barselona” esa oradan ikki oy o‘tib, uning transferini e’lon qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют