» » G‘allaorolda yuk mashinasi Damas ortidan borib urildi. YTHda yengil avtodagi er-xotin yaralandi

G‘allaorolda yuk mashinasi Damas ortidan borib urildi. YTHda yengil avtodagi er-xotin yaralandi


13-iyul kuni soat 12:20 atrofida Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

44 yoshli A.U. Mercedes benz yuk mashinasini “Ko‘kgumbaz” MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand—Toshkent” yo‘lida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan 30 yoshli X.T. boshqaruvidagi Damas avtomobilining orqa qismiga urib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

To‘qnashuv tufayli Damas haydovchisi va uning rafiqasi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют