» » Toshkentda yuridik universitetga o‘qishga kiritaman deb, 30 ming dollar olgan ayol ushlandi

Toshkentda yuridik universitetga o‘qishga kiritaman deb, 30 ming dollar olgan ayol ushlandi


Toshkentda muqaddam sudlangan ayol yuridik universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarodan 30 ming dollar olayotgan vaqtda ushlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

2019-yil 12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentidan tushgan hujjatlar to‘plamiga ko‘ra, 25-iyun kuni Yunusobod tumani Shahriston ko‘chasida yashovchi muqaddam sudlangan 54 yoshli X.A. ismli ayol, 30 000 AQSh dollari evaziga 44 yoshli M.G. ismli ayolning o‘g‘lini Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish maqsadida M.G.dan Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasida kelishilgan pulning hammasini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют