» » Bandlik vazirligi Chustda o‘qituvchilar ta’til davrida majburiy mehnatga jalb etilgani holatini nazoratiga olganini bildirdi

Bandlik vazirligi Chustda o‘qituvchilar ta’til davrida majburiy mehnatga jalb etilgani holatini nazoratiga olganini bildirdi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi Namangan viloyati, Chust tumanida o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish holatini o‘z nazoratiga olganini bildirdi.

“Kun.uz”nashrida e’lon qilingan maqolada Chust shahridagi 9-maktab o‘qituvchilari mehnat ta’tili davrida maktabda ustalar bilan teppa-teng ishlayotgani tilga olingandi.

Vazirlikka ko‘ra, natijalar bo‘yicha yaqin vaqt oralig‘ida batafsil ma’lumot beriladi.

“Agar Siz mehnat huquqi buzilayotgan biror bir holatga duch kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining +998 71 200-06-00 ishonch telefoni hamda @mehnathuquqbot Telegram boti orqali murojaat qilishingiz mumkin. Murojaatchining shaxsi sir tutiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik Majburiy mehnatga qarshi kurashda faollik ko‘rsatayotgan va bu borada hamkorlikda ishlayotgan OAV vakillariga minnatdorlik bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют