» » Samarqand shahrida mehnat inspektorlari majburiy mehnatga jalb etildi

Samarqand shahrida mehnat inspektorlari majburiy mehnatga jalb etildi


“Daryo” tahririyatiga Samarqand shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlarining majburiy mehnat qilayotganligi haqida murojaat va unga ilova tariqasida rasmlar taqdim etildi. Rasmlarda markaz xodimlari shahardagi Sadriddin Ayniy ko‘chasidagi obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganligi, ular piyodalar yo‘laklari uchun beton quyayotganligi aks ettirilgan.

Murojaatda aytilishicha, 8-iyuldan boshlab Samarqand shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari qo‘l ostida ishlovchi mehnat inspektorlarini Sadriddin Ayniy ko‘chasidagi yo‘l bo‘yida beton quyish uchun majburiy mehnatga jalb etgan. Mehnat inspektorlarining ishini shaxsan shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori nazoratga olgan. Ularni doimiy tarzda ishlashini kuzatib, xodimlarga qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni topshirib turgan.

– Bizlar mehnat huquqi buzilgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilishimiz kerak. Ammo bugun o‘zimiz majburiy mehnatga jalb qilinganmiz. Rahbar hokimiyatning buyrug‘ini bajaryapmiz, deyishdan nariga o‘tmaydi, — deyiladi murojaatda.

Murojaatda ta’kidlanishicha, har kuni erta tongdan mehnat inspektorlari belgilangan topshiriqni bajarishi shart. Beton quyish ishlari shaharning asosiy yo‘l qismi hisoblangan, transport ko‘p qatnaydigan Sadriddin Ayniy ko‘chasida amalga oshirilmoqda. Hech qanday xavfsizlik choralari ko‘rilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hokimlik tomonidan ushbu ko‘chada qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borish bo‘yicha topshiriq berilgan.

“Agar Siz mehnat huquqi buzilayotgan biror bir holatga duch kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining +998 71 200-06-00 ishonch telefoni hamda @mehnathuquqbot Telegram boti orqali murojaat qilishingiz mumkin”, deyilgan O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi saytida. Agarda mana shu tashkilotda ishlayotgan mehnat inspektorlarining huquqlari buzilsa ular kimga murojaat qilish kerak?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют