» » JCh—2022 yo‘lida. O‘zbekiston terma jamoasi “tanish” raqiblarga qarshi qanday natijalar qayd etgan?

JCh—2022 yo‘lida. O‘zbekiston terma jamoasi “tanish” raqiblarga qarshi qanday natijalar qayd etgan?


17-iyul, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Jahon Chempionati—2022 musobaqasining Osiyo qit’asidagi 2-bosqich saralash o‘yinlariga qur’a tashlandi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston “D” guruhidan o‘rin oldi. Ektor Kuper shogirdlari mazkur guruhda Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur termalariga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu raqiblarning barchasi bilan to‘qnash kelgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan umumiy hisobda 10 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 tasida imkoniyatni boy bergan. Bitta bellashuvda esa g‘olib nomi aniqlanmagan (to‘plar nisbati — 13:21).

Qolgan raqib jamoalarning barchasini O‘zbekiston termasi mag‘lub etgan. Falastindan 3 marta, Yamandan 4 marotaba va Singapurdan esa 2 bor ustun kelgandi.

O‘zbekiston terma jamoasining guruhdagi raqiblarga qarshi o‘yinlardagi qayd etgan natijalari:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2019, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют