» » “Jasliq” qamoqxonasi yopiladimi? Ichki ishlar vazirligi izoh berdi

“Jasliq” qamoqxonasi yopiladimi? Ichki ishlar vazirligi izoh berdi


“Jasliq” qamoqxonasida mahkumlarga tazнiq o‘tkazish uchun har xil yerto‘lalar yoki turli qiynoqlarga solinadigan alohida xonalar mavjud emas. Bu haqda 17-iyul kuni IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (JIEBB) boshqarma boshlig‘i Jamshid Sultonov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotida ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Anjumanda IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Tarbiyaviy va ijtimoiy-psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Sultonov Qoraqalpog‘istonda joylashgan 19-sonli jazoni ijro etish koloniyasi (“Jasliq” qamoqxonasi) faoliyati haqida ma’lumot berdi.

“Qoarqalpog‘istondagi 19-sonli jazoni ijro etish koloniyasi (“Jasliq” qamoqxonasi) bo‘yicha chet el OAV yoki boshqa xalqaro tashkilotlardan ko‘plab savollar kelib tushadi. Ming afsuski, chet el OAVda ham, mahalliy aholimizda ham “Jasliq” qamoqxonasi mahkumga ta’ziq o‘tkaziladigan yoki mahkumlarni huquqlari ta’minlanmaydigan joy deb qarash bor. BMTning din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid 2017-yilda O‘zbekistonga safari davomida “Jasliq” qamoqxonasiga tashrif buyurgan edi. Janob Ahmad Shahid “Jasliq”dagi barcha joyni ko‘zdan kechirib, mahkumlar uchun yetarli sharoit yaratilganiga guvoh bo‘lgan. Chet el OAVda “Jasliq”da mahkumlarga tazyiq o‘tkazish uchun har xil yerto‘lalar yoki turli qiynoqlarga solinadigan alohida xonalar borligi bo‘yicha turli xabarlar tarqalgan. Janob Ahmad Shahid o‘zi shahsan har bir joyni birma-bir o‘rganib, unday joylar mavjud emasligiga amin bo‘lgan edi”, — dedi Jamshid Sultonov.

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi vakili “Jasliq” qamoqxonasi yopilishi yoki yopilmasligi bo‘yicha ham izoh berdi.

“Jazoni ijro etish muassasalarining soni ko‘payishi yoki kamayishi, qaysidir qamoqxonaning ochilishi yoki yopilishi, vaqtinchalik faoliyati to‘xtatilib turilishi bo‘yicha qonunchilikda qanday o‘zgarishlar bo‘lsa, biz ijro etuvchi vazirlik sifatida yuklatilgan vazifani bajaramiz. “Jasliq” qamoqxonasiga keladigan bo‘lsak, u nisbatan yangi qamoqxona, mustaqillik yillarida ochilgan. Mahbuslar uchun kerakli bo‘lgan barcha zazur shart-sharoitlarga ega”, — dedi Sultonov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-07-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют