» » IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq boshlig‘i qo‘lga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq boshlig‘i qo‘lga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi


IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq boshlig‘i, polkovnik Abdukarim Shodiyev qo‘lga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi.

“Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq boshlig‘i polkovnik Abdukarim Shodiyev ushlangani haqidagi xabar noto‘g‘ri tarqatilgani aniqlandi.

Polkovnik Abdukarim Abdurahmonovich Shodiyev 2017-yilning avgust oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi fakultet boshlig‘i lavozimida xizmat faoliyatini davom ettirmoqda”, deyiladi IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

IIV akademiyasi saytiga ko‘ra, Abdukarim Shodiyev kasbiy tayyorgarlik fakultetini boshqarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida polkovnik Bahrombek Odilov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — IIV jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga rahbar etib tayinlangani va bu lavozimda Abdukarim Shodiyevni almashtirgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют