» » O‘zbekiston qamoqxonalaridagi mahbuslar yaqinlari bilan videokonferensiya orqali ko‘rishishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston qamoqxonalaridagi mahbuslar yaqinlari bilan videokonferensiya orqali ko‘rishishi mumkin bo‘ladi


O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalaridagi mahbuslar o‘z yaqinlari bilan videokonferensiya orqali ko‘rishish imkoniga ega bo‘ladi. Bu imkoniyat O‘zbekiston Prezidentining “Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni ijro etish sohasidagi ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Qarorga asosan, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga bosqichma-bosqich ravishda Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, uning tarkibiy tuzilmalari va muassasalariga himoyalangan aloqa kanallari orqali videokonferensiya tizmini joriy etish, shu jumladan mahkumlar o‘rtasida videouchrashuv tashkil qilish imkoniyatlarini ko‘zda tutish vazifasi yuklatilgan.

Bundan tashqari, AKT vazirligi mahkumlarga qo‘llanilgan intizomiy choralarni hisobga olishning avtomatlashgan tizmini joriy qiladi. Bunda faqat prokuratura organlariga hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.

Shu bilan birga, vazirlikka qamoqda saqlanayotgan mahkumlar va shaxslar ustidan kuzatish va nazorat qilishning zamonaviy texnik vositalarini Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, uning tarkibiy tuzilmalari va muassasalariga joriy qilish vazifasi yuklatilgan.

O‘zbekiston IIVga joriy yilning 1-dekabriga qadar jazoni ijro etish muassasalarini jazoni o‘tash, O‘zbekistonda afv etishni amalga oshirish tartibi va sharoitlari haqida ma’lumot beruvchi informatsion stendlar va texnik vositalar bilan jihozlash va ushbu ma’lumotlarni o‘zining veb saytiga joylashtirish vazifasi yuklangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-08-2017, 16:12)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют