» » Tramp AQSh ijro hokimiyatini qayta tashkil etish haqidagi farmonni imzoladi

Tramp AQSh ijro hokimiyatini qayta tashkil etish haqidagi farmonni imzoladi


AQSh prezidenti Donald Tramp hokimiyat ijro tarmog‘ini qayta tashkil etish rejasini joriy qilishga qaratilgan farmonni imzoladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Yangi qonun muassasalarni ixcham va samarali tuzilmalarga aylanishiga xizmat qilishi kerak. Hozirda bir-birining vazifasini takrorlash va ortiqcha mablag‘ sarflash holatlari ko‘p. Milliardlab dollar havoga sovurilmoqda.

Donald Tramp, AQSh prezidenti

Oq uy matbuot kotibi Shon Spayserga ko‘ra, vazirliklarga xarajatlarini sinchiklab ko‘rib chiqish va turli dasturlarga ajratiladigan mablag‘larni ko‘rib chiqish topshirilgan.

Shuningdek, prezident apparati budjet boshqarmasi rahbariga federal hukumat faoliyatini “muassasalarni qayta tashkillash, birlashtirish, zarur bo‘lganda esa tarqatib yuborish yo‘li bilan yaxshilash” vazifasi yuklatilgan.

Reja Kongressga taqdim etiladi, biroq uni amalga oshirish bilan ijro hokimiyati tizimlari shug‘ullanadi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют