» » 1-avgustdan oylik ish haqi necha foizga oshadi?

1-avgustdan oylik ish haqi necha foizga oshadi?


“Mahalla” gazetasida Moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Muhammedovning “1-avgustdan oylik ish haqi necha foizga oshadi” nomli maqolasi chop etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 12-iyulda “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi. Farmon har yili qabul qilinadigan hujjatlardan farq qiladi. Sababi nafaqat oyliklarni ko‘tarish masalasi, balki ijtimoiy himoyani yanada kuchaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga e‘tibor qaratilgan.

Hujjatda ko‘rsatib o‘tilganidek, shu yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 barobar, ya’ni 10 foizga oshirilishi, nogironlik pensiyalari 50 foizdan 75 foizgacha ko‘tarilishi, ularning ayrimlariga esa 25 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi. Xo‘sh, barobar va foizlarda namoyon bo‘layotgan raqamlar ish haqiga to‘lovlarni, pensiyadagi mablag‘larni qo‘limizga qabul qilganda qanchalik tosh bosadi?

Qayd etish o‘rinliki, farmonda nazarda tutilgan o‘zgarishlar kamida 2,5 milliondan ortiq budjet tashkilotida ishlovchi xodimlarning ish haqi, 84 mingga yaqin talabaning stipendiyasi, 267 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxsning nafaqasi hamda 3,3 milliondan ortiq pensionerning pensiya miqdori oshirilishiga bevosita ta’sir qiladi.

1-avgustdan O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi 223 000 so‘m miqdorida belgilanmoqda. Ta’kidlash joizki, minimal ish haqi miqdorining oshishi, o‘z navbatida, o‘rtacha oylik ish haqining ko‘payishiga ham olib keladi. Deylik, shu sanadan e’tiboran, o‘qituvchilarning o‘rtacha oylik ish haqi 2,4 million so‘m, shifokorlarda 2,1 million so‘m, madaniyat va sport sohasi xodimlarida 2 million so‘mni tashkil etadi.

Hujjat bilan pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning moddiy ta’minoti ham yaxshilanadi. Endilikda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori oyiga 436 150 so‘mni tashkil etadi. Farmonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususan, minimal miqdorlarda nafaqa oluvchilarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, bolalikdan nogironligi bo‘lgan 300 mingga yaqin shaxslarga beriladigan nafaqaning eng kam miqdori ham endilikda 436 150 so‘m etib belgilandi.

Shu bilan birga, II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik pensiyasi eng kam miqdorini belgilashga nisbatan yondashuvlar ham tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Xususan, yangi tartibga ko‘ra, bunday toifadagi shaxslar pensiyasining eng kam miqdori — hozirgi yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oshirildi. Ushbu o‘zgartirish qariyb 50 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxsning pensiya miqdorini o‘rtacha 145 foizga oshirishni ta’minlaydi. O‘z navbatida, II guruh nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslarning pensiyasiga ustama miqdori ham hozirgi eng kam ish haqining 50 foizidan 75 foiziga ko‘tarildi. Ya’ni har oylik pensiyasi miqdoriga yana qo‘shimcha ravishda 55 750 so‘m qo‘shiladi.

Ma’lumki, shu vaqtga qadar pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan nafaqa oluvchilarning nafaqa miqdorlariga qo‘shimchalar umuman belgilanmagan. Endilikda ilk bor I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 16 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinmoqda. Bu eng kamida 23 mingdan ziyod shaxsning nafaqasiga 55 750 so‘m qo‘shimcha haq qo‘shiladi deganidir.

Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqalari oila a’zolarining soniga nisbatan amaldagi foiz hisobida yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi. Masalan, hozirgi kunda ikki nafar mehnatga layoqatsiz oila a’zosi uchun har oyda 182,5 ming so‘m nafaqa olayotgan oila, joriy yil avgustdan boshlab har oyda 327,1 ming so‘m yoki qo‘shimcha 144,6 ming so‘m (79,2 foiz) ko‘proq nafaqa olishadi.

Ish haqi miqdorining oshishi munosabati bilan Prezidentning 2019-yil 21-maydagi tegishli farmoniga ham o‘zgartirish kiritilib, joriy yil 1-sentabrdan “eng kam oylik ish haqi” o‘rniga kiritilayotgan “mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori” 577 170 so‘mdan 634 880 so‘mga oshirildi.

Farmonda ko‘rsatilgan o‘zgarishlar bilan bog‘liq barcha xarajatlar Davlat budjeti va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilib, joriy yilning o‘zida ayni maqsadlarga 3,5 trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют