» » Moliya vazirligi kam ish haqi oluvchi xodimlarning ish haqlari qanchaga oshirilishini ma’lum qildi

Moliya vazirligi kam ish haqi oluvchi xodimlarning ish haqlari qanchaga oshirilishini ma’lum qildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-oktabrdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi PF-5553-son farmoniga muvofiq 2019-yilning 1-yanvariga qadar mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasini qayta ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilgan, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi matbuot xizmati.

Xususan kam ish haqi olib ishlovchi xodimlar ish haqini sezilarli darajada oshirish maqsadida, 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab eng kam ish haqi oluvchi xodimlarning ish haqlari o‘rtacha 10 foizga oshirildi.

Jumladan:

- 1 razryadda ish haqi oluvchi xodimlarning (farroshlar, qorovullar, ishchilar va boshqalar) ish haqlari 1,15 barobarga;

- 2 razryadda ish haqi oluvchi xodimlarning (yengil avtomobil haydovchilari, bog‘bonlar, ish yurituvchilar va boshqalar) ish haqlari 1,1 barobarga;

- 3 razryadda ish haqi oluvchi xodimlarning (elektriklar, santexniklar, kassirlar, laborantlar va boshqalar) ish haqlari 1,05 barobarga oshirildi.

Shunday qilib, eng kam ish haqi miqdorlarining oshirilishi (2018-yil 15-iyuldan 7 foizga va 1-noyabrdan esa 10 foizga) va kam ish haqi olib 1 razryadda ishlovchi xodimlarning ish haqlarini oshirilishi hisobiga eng kam ish haqi miqdori o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 1,35 barobarga (1,07?1,1?1,15) oshirildi.

Misol uchun, budjet tashkilotlarida 1 stavkaga ishlovchi farroshning oylik ish haqi miqdori o‘tgan yilning 1-yanvar holatiga (ustama va qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olmagan holda) 426,5 ming so‘m (172 240 ? 2,476) bo‘lgan bo‘lsa, 2019-yil 1-yanvaridan esa 577 ming so‘mni (202 730 ? 2,847) tashkil etdi, yoki 151 ming so‘mga oshdi.

Ta’kidlash lozimki, eng kam ish haqi miqdorining va yagona tarif setkasining quyi darajalari tarif koeffitsiyentlarining oshirilishi budjet sohasida faoliyat yuritayotgan 370 ming ishchining oylik ish haqini va shu bilan birga iqtisodiyotning turli jabhalarida kam ish haqi olib ishlovchi ishchilarning ish haqlarini oshishiga olib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют