» » Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi belgilandi

Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi belgilandi


Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2018-yildan boshlab rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanganligi va yillik mehnat ta’tili muddati ushbu kunlarga kamaytirilishi belgilangan edi.

Shuni hisobga olgan holda yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash, shuningdek foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun pullik kompensatsiya to‘lovini hisoblab chiqish tartibi ishlab chiqildi.

Mehnatga vaqtbay, ishbay va tarifsiz tizimlarida mehnat ta’tili vaqtida xodimning saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini hisoblash uchun qabul qilingan tarif stavkani tashkilotda olti va undan ortiq oy ishlagan xodimlarning tarif stavkasidan ortiq bo‘lgan barcha to‘lovlarni, shu jumladan ishbay qo‘shimcha haqning tegishli qismiga oshirish orqali aniqlanadi.

Shu bilan birga, mehnat ta’tili berilganda, uni muddatini hisoblash aniqlashtirildi.

Masalan, 2018-yilda mehnat ta’tilining birinchi kuni:

- 3-yanvardan 21-martgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa, xodimlarning mehnat ta’tili muddati — bir ish kuniga;

- 21-martdan 1-sentabrgacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa, xodimlarning mehnat ta’tili muddati — ikki ish kuniga;

- 1-sentabrdan 2018-yilning oxirigacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelsa, xodimlarning mehnat ta’tili muddati — uch ish kuniga kamayadi.

Mazkur talablar budjet tashkilotlari xodimlariga nisbatan qo‘llanilishi majburiy hisoblanadi, budjet tashkilotlari hisoblanmagan tashkilotlarning xodimlari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют