» » O‘zbekistonda “Pasport stoli” endi dam olish kunlari ham ishlaydi

O‘zbekistonda “Pasport stoli” endi dam olish kunlari ham ishlaydi


O‘zbekistonning barcha viloyat, shahar, tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari (bo‘limlari)da biometrik pasport hamda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun hujjat topshirish va tayyor bo‘lgan pasportlarni olish bo‘yicha fuqarolarni dam olish kunlari soat 8:00 dan 20:00 gacha qabul qilish joriy etildi. Bu haqda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

“Shu munosabat bilan nobiometrik pasportini biometrik pasportga almashtirmagan fuqarolarga yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanishni tavsiya etamiz”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, eski namunadagi (nobiometrik) pasportning O‘zbekiston hududida amal qilish muddati 2019-yil 31-dekabrgacha belgilanganligi eslatib o‘tildi.

Shanba—yakshanba kunlari Toshkent shahrida barcha Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga ham pasport va viza rejimi bo‘yicha istalgan masalada uchrash mumkin bo‘ladi. Jumladan, xorijga chiqish pasportini olish, propiskaga qo‘yish, propiskadan chiqish istagida bo‘lgan fuqarolar murojaat qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют