» » Braziliya terma jamoasi hujumchisi vatanidagi muhtojlarga 6,4 tonna miqdoridagi mahsulotlarni xayriya qildi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi vatanidagi muhtojlarga 6,4 tonna miqdoridagi mahsulotlarni xayriya qildi


Braziliya terma jamoasi hamda “Everton” klubi hujumchisi Risharlison o‘zi tug‘ilib o‘sgan Nova-Venesiya shahrida xayriya aksiyasida ishtirok etdi.

Xayriya tadbiri doirasida tashkillashtirilgan o‘rtoqlik o‘yiniga 3 ming kishi tashrif buyurdi. Ularning barchasi muhtojlarga kerakli mahsulotlarni taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, nochor holatdagi oilalar hamda muhtojlarga 6,4 tonna miqdoridagi mahsulotlar (yeguliklar, kiyimlar, sport anjomlari) yig‘ilgan. Risharlison esa barcha mahsulotning pulini yonidan to‘lab bergan.

Ma’lumot uchun, Risharlison o‘tgan mavsum Angliya Premyer ligasida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Shuningdek, u Kopa Amerika—2019 musobaqasida Braziliya termasi bilan g‘olib bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют