» » “Tolibon” siyosiy ofisi rasmiy vakili: O‘zbekistonda o‘tkaziladigan afg‘onlararo uchrashuvga “Tolibon” hali taklif etilmadi

“Tolibon” siyosiy ofisi rasmiy vakili: O‘zbekistonda o‘tkaziladigan afg‘onlararo uchrashuvga “Tolibon” hali taklif etilmadi


Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati O‘zbekistonda o‘tkaziladigan afg‘onlararo uchrashuvga taklif etilgani yo‘q, lekin taklif etilsa, buni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqida Qatardagi “Tolibon” siyosiy ofisi rasmiy vakili Suxel Shaminga tayangan holda “RIA Novosti” xabar qilmoqda deb yozadi Sputnik.

Avvalroq 1TV telekanali 7—8-iyul kunlari Qatarda o‘tkazilgan matbuot-anjumaniga tayanib, afg‘onlararo uchrashuv uch yoki to‘rt haftadan so‘ng Samarqandda o‘tkazilishi shuningdek, tomonlar keyingi ikki hafta davomida dastlabki tinchlik shartnomasini imzolashi haqida ham ma’lum qilgan.

“O‘zbekistonda o‘tkaziladigan uchrashuv sanasi hali aniqlashtirilgani yo‘q, lekin agar biz O‘zbekistondan taklif olsak, uni ko‘rib chiqamiz”, — deb aytgan Shamin.

Doxadagi afg‘onlararo anjuman 7—8-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Ikki kunlik anjumanda 60dan ziyod afg‘onlar ishtirok etishgan, shu jumladan, “Tolibon” radikal harakati a’zolari ham. Uzoq davom etgan tortishuvlardan so‘ng 9-iyulga o‘tar kechasi delegatlar yakuniy bayonnomani qabul qilishgan. Unda Afg‘onistondagi oddiy fuqarolar orasidagi yo‘qotishlarni nol darajaga tushirish va ta’lim hamda tibbiyot muassasalari himoyasini ta’minlash majburiyatlari qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2019, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют