» » Tolibon AQSh bilan qator masalalarda kelishuvga erishganini ma’lum qildi

Tolibon AQSh bilan qator masalalarda kelishuvga erishganini ma’lum qildi


AQSh va “Tolibon” radikal afg‘on harakati delegatsiyalari Qatarda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda deyarli barcha masalalarda kelishuvga erishdi. Ta’kidlanishicha, hal etilmagan masalalar bir yoki ikki punktni tashkil etadi, xolos. Bu haqda “Tolibon”ning Doxadagi rasmiy vakili Suxayl Shaxinga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Amerika delegatsiyasi va toliblar o‘rtasidagi muzokaralar Qatarda seshanba, 9-iyul kuni, Doxadagi afg‘onlararo dialog yakunlangach qayta tiklandi. Shundan so‘ng AQSh delegatsiyasiga boshchilik qilgan AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad Pekinga uchgan. Xalilzad u yerdan toliblar bilan muzokaralar holati haqida bayonot berish uchun Vashingtonga yo‘l olishi kerak edi.

“Muzokaralarda muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi, keyingi raund vaqtida muhokama etiladigan bir yoki ikki punkt qoldi, xolos”, — deb aytgan Shaxin.

U shuningdek, Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilish muddatlari hali kelishilmaganini, ammo “tirqish torayganini” ta’kidladi.

Tolibon vakili aytishicha, AQSh bilan muzokaralar hozircha muddati aniq bo‘lmagan tanaffusdan so‘ng qayta tiklanadi.

AQSh maxsus vakili ilgariroq “Tolibon” bilan muzokaralar Qatarda to‘rt asosiy mavzuda olib borilayotganini: u o‘t ochishni to‘xtatish, Amerika qo‘shinlarining mamlakatdan chiqarilishi, afg‘onlararo muloqotni o‘tkazish hamda afg‘on hududidan AQSh yoki boshqa davlatlarga hujum qilish maqsadida foydalanishdan voz kechishni qamrab olganini xabar qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют