» » O‘zbekiston terma jamoasi karate bo‘yicha Osiyo chempionatini 7 ta medal bilan yakunladi

O‘zbekiston terma jamoasi karate bo‘yicha Osiyo chempionatini 7 ta medal bilan yakunladi


Toshkentda bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha Osiyo chempionatining so‘nggi kunida jamoaviy kumite bahslarida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Dastlab Janubiy Koreya va Quvayt termalarini mag‘lub etgan o‘zbekistonlik karatechilar yarim finalda Saudiya Arabistoni vakillariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa O‘zbekiston terma jamoasi iordaniyalik karatechilar ustidan 3:2 hisobida ustun keldi.

Shu tariqa terma jamoa mazkur Osiyo chempionatini 7 ta medal bilan yakunladi. Eslatib o‘tamiz, yakkalik bellashuvlarida o‘zbekistonlik karatechilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga egalik qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют