» » Valentina Matviyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi kuzda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Valentina Matviyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi kuzda O‘zbekistonga tashrif buyuradi


Joriy yil 22-iyul kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyevaning Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan xalqaro parlament tuzilmalari doirasida hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Rossiya davlat rahbarlarining siyosiy irodasi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotni faollashtirishda parlamentlarning o‘rni va ahamiyati ham tobora oshib bormoqda.

Uchrashuvda joriy yilning kuzida Federal Majlis Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko boshchiligida Rossiya Federatsiyasi parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi. Jumladan, Oliy Majlis Senati delegatsiyasining 2018-yil noyabrda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi, shuningdek Oliy Majlis Senati hamda Federal Majlis Federatsiya Kengashi hamkorligi bo‘yicha komissiyaning majlisi o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют