» » Oliy Majlis Senatida Indoneziya Xalq maslahatlashuv kongressi delegatsiyasi qabul qilindi

Oliy Majlis Senatida Indoneziya Xalq maslahatlashuv kongressi delegatsiyasi qabul qilindi


Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Indoneziya Xalq maslahatlashuv kongressi raisi o‘rinbosari Hidoyat Nur Vohid boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Indoneziya parlamentlararo hamkorligini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Qayd etilganidek, joriy yilning o‘zida Indoneziya parlamenti Xalq vakillari kengashi, Hududlar vakillari kengashi, Indoneziya Xalq maslahatlashuv kongressi delegatsiyalari O‘zbekistonda bo‘ldi. Bu esa qonun ijodkorligi faoliyatini o‘rganish va tajriba almashish bo‘yicha ikki mamlakat parlamentlararo hamkorligi rivojlanib borayotganligidan darak beradi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar parlamentlararo hamkorlikni hamda xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi o‘zaro aloqalarni yanada kuchaytirish yuzasidan birgalikda olib borilayotgan ishlarni davom ettirish haqida kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют