» » Kim Chen In KXDRda yaratilgan yangi suv osti kemasini ko‘zdan kechirdi

Kim Chen In KXDRda yaratilgan yangi suv osti kemasini ko‘zdan kechirdi


KXDR yetakchisi Kim Chen In respublika Harbiy-dengiz kuchlari uchun yaratilgan yangi suv osti kemasini tekshirdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Unda Kim Chen Inning dok (kemalar tuzatiladigan korxona)dagi submarina fonida tushgan surati joylangan. Ammo u faqat qisman ko‘ringan, xolos. Qayd etilishicha, suv osti kemasidan Yapon dengizidagi taktik amaliyotlarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladi.

“Yangi suv osti kemasini ko‘zdan kechirgan hurmatli oliy rahbar, uning texnik xususiyatlari va jangovar tizimi bilan ham tanishdi”, — deyiladi agentlik xabarida. Ammo submarinada qanday qurol o‘rnatilgani aytilmagan va uning xususiyatlari ham keltirilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют