» » Leyboristlar Boris Jonsonga ishonmayapti. London milliy bog‘ deb e’lon qilindi. Haftaning eng muhim tvitlari

Leyboristlar Boris Jonsonga ishonmayapti. London milliy bog‘ deb e’lon qilindi. Haftaning eng muhim tvitlari


“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.

“Oliver Stounning Putin bilan uyushtirgan oxirgi intervyusi nihoyatda qiziq”, – Shon Uoker, jurnalist.

“Tez orada Britaniya Boris Jonsonniki bo‘ladi. U butun hayoti mobaynida aynan shu lahzalarga tayyorgarlik ko‘rdi. Ammo u bunga tayyormi? @TomMcTague Boris Jonsonning o‘zi deyarli to‘xtalmagan, nutqlari, qahramonlari va hayotiy bosqichlari orqali uning qanday shaxs ekani haqida yozadi”, – Prashat Rao, The Atlantic muxbiri.

“1925-yilgi taqiqqa qarshi namoyish uyushtirayotgan amerikalik erkaklar namoyishlari samimiy bo‘lgan edi”, – Simon Kyustenmaxer, bloger.

“Yangi saylangan Ukraina radasining 20 foizini ayollar tashkil etdi. Sezilarli o‘sish va Ukraina uchun yangi rekord”, – Oleksandr Shcherba, Ukrainaning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi.

“Fazogir kuchuklar Belka va Strelka yerga qo‘ngach olingan surat”, – Soviet Visuals.

“Boris Jonsonning Brexit bo‘yicha kelishuvi yo‘qligi ish o‘rinlarining qisqarishini, do‘konlardagi narxlarning o‘sishini va Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining Donald Tramp bilan kelishuvi asosida Amerika korporasiyalariga sotilish xavfini yuzaga keltirgan bo‘lar edi. Britaniya xalqi umumxalq saylovida kim bosh vazir bo‘lishi masalasini hal qilishi lozim”, – Jeremi Korbin, Leyboristlar partiyasi yetakchisi.

“Rahbar bo‘lish uchun o‘z saylov kampaniyasi davomida Boris Jonson iqtisodiyotni vayron qilgan bankirlarning eng yirik himoyachisi ekanini ta’kidladi. Uning sizlar (oddiy xalq) bilan ishi yo‘q, u faqat o‘zi va o‘ta boy do‘stlari haqida qayg‘uradi. Yangi bosh vazirimiz haqidagi haqiqatni tarqating”, – Leyboristlar partiyasi.

“Rasmiy ravishda London dunyoning birinchi raqamli milliy bog‘ shahriga aylandi”, – Sodiq Xon, London shahri hokimi.

“Hillari va men yangi dunyoga kelgan nabiramiz Jasperni ko‘rishdan boshimiz ko‘kka yetdi”, – Bill Klinton, AQShning 42-prezidenti.

“Gvatemala mashinalar karvonini tashkil qilib, kriminal qaydlari bor ko‘plab odamlarni AQShga yuborishi bilan Uchinchi xavfsizlik kelishuvini buzyapti. Biz kelishuvga amal qilmoqchi edik. Hozirda esa biz taqiqlar haqida bosh qotiryapmiz”, – Donald Tramp, AQSh prezidenti.

Jahongir Ergashev tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют