» » Yorug‘lik ko‘rmagan Gorbachyov, Moskvaning bo‘shab qolgan kiosklari va norozi bo‘layotgan qozoqlar. Haftaning eng muhim tvitlari

Yorug‘lik ko‘rmagan Gorbachyov, Moskvaning bo‘shab qolgan kiosklari va norozi bo‘layotgan qozoqlar. Haftaning eng muhim tvitlari


“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.

“Putin: Rivojlanishning eskicha qoliplari G‘arb uchun ulkan afzallik berib kelar edi. Raqobatchilarning paydo bo‘lishi bilan ular savdo urushlari va sanksiyalar tilida gapirmoqda”, — Lyusian Kim, NPR muxbiri.

“Rossiya xalq ta’limi vazirligi Uralda joylashgan maktablarni AQShning Yekaterinburgdagi konsulxonasi tomonidan uyushtirilyotgan til kurslari va tadbirlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi, sababi bunday tadbirlar ‘mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayoti uchun halokatli ta’sirga ega’”, — Mettyu Laksmur, RFRL radiosining Moskvadagi muxbiri.

“Bugun Tereza Mey Torilar partiyasi yetakchisi vazifasidan ketadi. Navbatdagi bosh vazir partiyaning hurmatga sazovor bo‘lmagan vakillaridan saylanmasin. Yangi rahbari kim bo‘lishidan qat’iy nazar u xalqqa mamlakat kelajagini zudlik bilan o‘tkaziladigan saylov orqali hal qilish imkonini berishi kerak”, — Jeremi Korbin, Leyboristlar partiyasi yetakchisi.

“75 yil avval ittifoqchilarning 160 ming askari Shimoliy Fransiyadagi Normandiya plyajlarini ishg‘ol qilgandi. Shu tariqa G‘arbiy Yevropani ozod qilish boshlangan edi”, — Ien Bremmer, siyosatchi, Time nashri kolumnisti.

“Jon Solomon: Myuller hisobotidagi faktlardagi xatolik va tushirib qoldirilgan ma’lumotlar u Trampga qarshi ekanidan dalolat”, — Donald Tramp, AQSh prezidenti.

“AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jefri bayonot berishicha, AQSh va Turkiya Suriyadagi harbiy to‘qnahuvlar oldini olish borasida konstitutsiyaviy qo‘mita tashkil etib, Asad rejimini ag‘darish borasida birgalikda ish olib bormoqda. Ammo Ostonadagi jarayon Asad rejimini o‘zgartirishni nazarda tutmaydi. Rossiya butkul teskari fikrda”, — Naim Boburo‘g‘li, harbiy ekspert.

“Mixail Gorbachyov shifoxonada ekanini va uning ahvoli yaxshi emasligini aytdi. Ammo u aniq tushuntirib qo‘ydi: ‘Hali tunnel oxiridagi yorug‘likni ko‘rganim haqida gapirishga erta. Men hali u yorug‘likni ko‘rmayman”, — Sara Reynfords, BBC muxbiri.

“Buyuk Britaniya yashil kelajakni ta’minlovchi yetakchi mamlakat bo‘lishi mumkin. Biz o‘zimizning ajoyib salohiyatimizga optimistik nuqtai nazar bilan qarashimiz lozim”, — Boris Jonson, britaniyalik siyosatchi.

“Moskvadagi matbuot kiosklar tush paytigacha bo‘shab qoldi. Golunov ishiga jamoatchilikning reaksiyasi hayratlanarli darajada”, — Maks Seddon, Financial Times muxbiri.

“To‘qayev rasmiy ravishda Qozog‘istondagi prezidentlik saylovida 70,76 foiz ovoz olib, g‘alaba qildi. Ammo norozilik namoyishlari davom etmoqda”, — Bermet Talant, Kyiv Post nashri kolumnisti.

“Antaliyadagi sayyohlik rekordi: 2019-yil 8-iyun sanasida Antaliyaga havo orqali 85 205 sayyoh kelib tushdi”, — TRT Haber telekanali.

“Leonardo da Vinchi mo‘yqalamiga mansub, qayerdaligi noma’lum durdona asar topildi. Asar 2017-yilda rekord darajadagi 450 million dollarga sotilgan edi. Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga qarashli super yaxtada”, — Kevin Uaytlo, Bloomberg.

Jahongir Ergashev tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют