» » O‘zbekiston bilan Missisipi o‘rtasida qanday o‘xshashlik bor? Jon boshiga mashinalar soni bo‘yicha kim birinchi o‘rinda? Haftaning eng muhim tvitlari

O‘zbekiston bilan Missisipi o‘rtasida qanday o‘xshashlik bor? Jon boshiga mashinalar soni bo‘yicha kim birinchi o‘rinda? Haftaning eng muhim tvitlari


“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.

“Ukrainadagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan Vladimir Zelenskiy Bodrum, Turkiyada hordiq chiqarib qaytgach, Yevropa Ittifoqi va NATO borasida sobiq prezident Pyotr Poroshenkoning siyosatini davom ettirishi ma’lum qilindi”, — Stratejik Ortak, Turkiyadagi diplomatiya va harbiy soha yangiliklari nashri.

“Saylovlar natijasini bekor qilish qarori Istanbul saylovi bilan bog‘liq shubhalarni bartaraf qilib, mamlakatimizda demokratiyani kuchaytirish uchun imkon beradi. Umid qilamiz, Markaziy saylov komissiyasining qarori mamlakatimiz va Istanbulimizga foyda keltiradi”, — Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Turkiya prezidenti.

“Yevropa Ittifoqi bayrog‘i men uchun ozod dunyo belgisidir. Va Yevropa Ittifoqi ozodlik, demokratiya, inson huquqlari va qonun ustuvorligi bosh bo‘lgan mavqega intilishi kerak. Qayerga bormay, barcha mintaqalarda bizning Yevropa modelimizga hasad bilan qarashmoqda”, — Hayko Maas, Germaniya tashqi ishlar vaziri.

“Soxta dunyoqarash insonlar o‘zlarining ruhiy sog‘lomligi haqida gapirishiga to‘sqinlik qilib keldi. Mamlakatimizda insonlar ruhiy sog‘lomlik haqida yolg‘iz azob chekmasligi uchun ulkan ishlarni bajarish ustida ish olib bormoqdamiz”, — Tereza Mey, Buyuk Britaniya bosh vaziri.

“Har ming nafar odamga avtoulov miqdorining to‘g‘ri kelishi raqamlarda: AQShda — 837, Avstraliyada — 747, Kanadada — 670, Yaponiyada — 591, Germaniyada — 589, Buyuk Britaniyada — 579, Fransiyada — 569, Malayziyada — 433, Rossiyada — 373, Braziliyada — 350, Meksikada — 297, Saudiya Arabistonida — 209, Turkiyada — 199, Eronda — 178, Xitoyda — 173, Indoneziyada — 87, Nigeriyada — 64, Hindistonda — 22”, — Go‘kxon Yujal, Turkiya milliy ta’lim vaziri maslahatchisi.

“Televizor — Shimoliy va Janubiy Koreya uchrashadigan joy”, — Anna Malpas, jurnalist.

“Nyu Heyven, AQSh masjidning muqaddas Ramazon oyida yondirilishi dunyoda islomofobiyaning kuchayib borayotganiga yana bir dalildir. Shukurki, bu yong‘inda hech kim shikast olmadi. Bu qabih ishni amalga oshirganlar tezroq qo‘lga olinishi va jazolanishi kerak. Islomofobiya va irqchilik bilan murosasiz jang olib boorish zaruratdir”, — Mavlud Chovusho‘g‘li, Turkiya tashqi ishlar vaziri.

“‘Dunyoni anglash uchun avvalo Missisipidek hududni tushunishingiz kerak bo‘ladi’, deb aytgan edi Uilyam Folkner. Bu iqtibosni ko‘p vaziyatlarda O‘zbekiston borasida ham  qo‘llasa bo‘ladi”, — Yonas Astrap, Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari.

Jahongir Ergashev tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют