» » Hayit tabrigi. Rossiyaning qaysi banklari Maduro rejimini moliyalashtirmoqda? Yevropa aholisi 2050-yilda qancha bo‘ladi? Haftaning eng muhim tvitlari

Hayit tabrigi. Rossiyaning qaysi banklari Maduro rejimini moliyalashtirmoqda? Yevropa aholisi 2050-yilda qancha bo‘ladi? Haftaning eng muhim tvitlari


“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.

“AQSh harbiy-dengiz kuchlari o‘z flotida bir dona ham muzyorar kemasiga ega emas, ammo Rossiyada ular miqdori bir qancha”, — Jim Shutto, CNN telekanali muxbiri.

“Rossiya statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil kuzida rossiyaliklarning 48 foizida zaruriy buyumlarni xarid qilishga etarlicha mablag‘ bo‘lgan bo‘lsa, 15 foizida oziq-ovqat sotib olish uchun mablag‘ bo‘lgan”, — Lusian Kim, jurnalist.

“Mazkur xarita Yevropa qit’asi aholisning 2017–2050-yillar davrida ko‘payish miqdorini ko‘rsatadi”, — Saymon Kyustenmaxer, olmon geografi.

“‘Tolibon’ tashkiloti vakillari afg‘on siyosatchilari va oqsoqollari bilan Moskvada o‘tadigan ikki kunlik muzokaralarda qatnashish uchun yetib keldi”, — “Ozodlik” radiosi.

“So‘z erkinligi favqulodda bebaho. Fikr-mulohazalarga, tanqid va boshqa dunyoqarashga ‘Ha’ deyish muhim. Nafratga, ta’qiblarga, haqoratlarga esa yo‘l ‘Yo‘q’. Norvegiyani eng yaxshi mamlakatga aylantiramiz”, — Erna Sulberg, Norvegiya bosh vaziri.

“Yana bir qiziqarli yakun. Britaniyada Yevrosaylovda Brexit harakatiga qarshi taraflar Brexit tarafdorlariga nisbatan ko‘proq ovoz olgan”, — Karl Bilt, Shvetsiya sobiq bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri.

“AQSh Ukrainani NATOdan tashqari ittifoqchi deb e’lon qilishni maqsad qilgan. Bunday maqomga hozirgacha Afg‘oniston, Argentina, Avstraliya, Bahrayn, Misr, Isroil, Yaponiya, Iordaniya, Kuvayt, Marokash, Yangi Zelandiya, Pokiston, Filippin, Janubiy Koreya, Tayvan, Tunis, Tailand sazovor bo‘lgan”, — Diplomatik strategiyalarni tadqiq qilish markazi.

“Agarda rus banklari — Sberbank va Sanoat-aloqa banki Venesueladagi Maduro rejimiga xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, AQSh mazkur banklar bilan pul o‘tkazmalari qilish borasida taqiq qo‘yishi kerak”, — Marko Rubio, senator.

“Bundan 30 yil muqaddam Xitoydagi Tyanmin maydonida aholining tinchlik namoyishlari shafqatsizlik bilan bostirilgan edi. Bugun biz qurbonlarni xotirlar ekanmiz, Xitoydan yana bir bor inson huquqlariga hurmatda bo‘lish va javobgarlikni olishni talab etamiz”б — Margot Valstryom, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri.

“Bugun Buyuk Britaniya va butun dunyoda Iyd al-Fitr — Qurbon hayiti bayramini nishonlayotgan barcha musulmonlarga eng yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman”, — Tereza Mey, Buyuk Britaniya bosh vaziri.

“Turkiya savdo vaziri Ruxsor Pekjon may oyi uchun tashqi savdo borasidagi ma’lumotlarni ochiqladi. Turkiyadan Rossiyaga bo‘lgan eksport hajmi o‘tgan yilgi davrga nisbatan 13,9 foizga oshgan”, — Rossiyani tadqiq qilish instituti.

“Qayd etish joiz, hozirgina AQSh prezidenti mamlakatning telekommunikatsiya sohasidagi eng yirik kompaniyalaridan biriga axborotni prezident xohlaganiday yoritishi uchun iqtissodiy boykot e’lon qildi”, — Piter Beyker, New York Times muxbiri.

Jahongir Ergashev tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 42) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют