» » Brexit’dan keyin Polexit’mi? Otlarni kim xonakilashtirgan? Haftaning eng muhim tvitlari

Brexit’dan keyin Polexit’mi? Otlarni kim xonakilashtirgan? Haftaning eng muhim tvitlari


“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.

“Pompeo Rossiyani AQShdagi saylovga aralashmaslik borasida ogohlantirayotgan bir vaqtda, Tramp va Bar ‘saylovlarda rus aralashuvi’ borligini tergov qilgani uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qarshi yurish boshladi. Endi savol tug‘iladi: Putin bu ikki xabarning qaysi biriga ko‘proq quloq tutarkin?” — Garri Kasparov, inson huquqlari himoyachisi faoli va shaxmat bo‘yicha chempioni.

“Dastlab otlar turk qavmlari tomonidan miloddan avvalgi 3-mingyillikda xonakilashtirilgan”, — Tarih Ar?ivi turk axborot portali.

“Janob Sulaymon So‘ylu Turkiya jandarmeriyasi bosh qo‘mondonligi taklifi bilan Turkiyada bo‘lib turgan Rossiya milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general Viktor Zolotov va uning delegatsiyasini qabul qildi”, — Turkiya ichki ishlar vazirligi.

“Nazarimda, barchasi hal — nursultonlik, nursultonliklar — yangi demonimlar”, — Maksimillian Xess, @akegroup.

“Bloomberg nashri sarlavhasi: Mexiko aholisiga havoning ifloslanish darajasi yomonlashgani bilan ko‘chaga chiqmaslik taklif qilindi. Ifloslanish darajasi — 158. Dehlidagi o‘rtacha yozgi kun ifloslanishi eng yomon darajada. Havo ifloslanishi darajasi — 174. Milliy saylov davom etayotganiga qaramasdan, hukumatdagilar ifloslanish haqida sukut saqlamoqda”, — Yan Marlov, @business.

“Alabama shtati gubernatori mamlakatda abortlar borasidagi eng cheklovchi qonunni qabul qildi, bu esa amalda abort jarayoni butun shtat hududida taqiqlanadi degani. Ammo faollar Oliy sud umummilliy abort qilish huquqini yoqlashidan umidvor”, — Piter Beyker, New York Times jurnalisti.

“Ular bu jarayonni Polexit deb nomlashmoqda. Yevropa Ittifoqining qachonlardir sevimli bo‘lgan kengayishi loyihasi qit’a kelajagining katta to‘qnashuvi uchun maydonga aylanmoqda”, — Alan Krouford, Bloomberg.

“Brexit masalasida ovoz berish jarayonidan so‘ng britaniyalik fermerlar uchun meva va sabzavot hosilini yig‘ib olish uchun odam yollash murakkab bo‘lib qoldi. Hosil chirib ketishi mumkin”, — Uill Kennedi, Bloomberg.

“Bu diagramma Yevropada yashayotganlar qanchalik darajada o‘zlarini yevropalik deb hisoblashini ko‘rsatadi”, — Simon Kyustenmaxer, bloger.

“Krishtianu Ronaldu muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Falastinga 1,5 million AQSh dollari (qariyb 9,5 million turk lirasi) ehson qildi”, — Stratejik Ortak, diplomatiya va harbiy masalalar bo‘yicha yangiliklar portali.

“Qirg‘izistondagi mehnat migratsiyasi sabab chorak milliondan ziyod bola ota-onasiz voyaga yetmoqda”, — Joanna Lillis.

“Zelenskiy razvedka rahbariyati, mudofaa vaziri, bosh prokuror iste’foga chiqishini talab qilmoqda. Hukumat va parlamentni tarqatilishiga ishora qilmoqda”, — Kristian Esh, Der Spiegel jurnalisti.

Jahongir Ergashev tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют