» » Haftaning eng muhim tvitlari: “Nu pogodi!” muxlislari kamaymoqda, Anna Frank esa fashizmga qarshi kurash ramzi bo‘lib qolmoqda

Haftaning eng muhim tvitlari: “Nu pogodi!” muxlislari kamaymoqda, Anna Frank esa fashizmga qarshi kurash ramzi bo‘lib qolmoqda


“Daryo” o‘tib borayotgan haftaning qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan tvitlarni diqqatingizga havola etadi.

“Boris Jonson hokimiyat uchun poygada ishtirok etishi kafolatlangan va u navbatdagi bosh vazir bo‘ladi”, — Tim Shipman, jurnalist.

“Xorvatiya kasaba uyushmalari referendum o‘tkazish maqsadida 748 ming shaxs imzosi qo‘yilgan murojaatnomani parlamentga taqdim qildi. Maqsad pensiya yoshini 67 yoshga ko‘tarish masalasiga qarshi chiqish”, — Balkan Insight nashri.

“Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Stef Blok Niderlandiya ijtimoiy tarmoqlarining BREXITBEEST mavzusiga bag‘ishlangan ‘eng chiroyli surati’ muallifiga aylandi”, — Denni Kemp, muxbir.

“Anna Frank bizlarni yanada dovyurakroq qiladi, garch biz unga nisbatan ancha oddiyroq zamonda yashayotgan bo‘lsak-da. Uning taqdiri fashizm qay darajada jirkanch ekanligini ko‘rsatadi va bu bizni azoblaydi. Uning maslahatiga quloq tutamiz: dunyoni yaxshiroq qilamiz toki unda fashizmga hech qanday imkon qolmasin”, — Xayko Maas, Germaniya tashqi ishlar vaziri.

“Italiyada tibbiyot xodimlarining 70 foizi abortlar haqida gap ketganda tibbiy xizmat ko‘rsatishdan bosh tortadi. Vijdon erkinligi deb ataluvchi tushuncha aslida abort huquqini cheklashdir”, — Karl Melin, siyosatshunos.

“Rossiya ijtimoiy so‘rov markazi o‘tkazgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, 2016-yildagi 56 foizlik natijaga taqqoslanganda ruslarning 65 foizi ‘Senimi, shoshmay tur!’ (‘Nu pogodi!’) multfilmini o‘zlarining eng sevimli multfilmi sifatida ko‘rsatgan”, — Skot Rouz.

“Tramp insonlarni qashshoqligi uchun jazolamoqchi”, — Kamala Xarris, amerikalik yurist va siyosatchi.

“Aflotun dunyo xaritasining Vizantiya nusxasi. Siz mazkur xarita bilan Yevropa va Osiyo bo‘ylab harakatlana olgan bo‘larmidingiz?” — Simon Kyustenmaxer, nemis geografi.

“Dollar tarixga aylanadimi? Rossiya moliya vazirligi va Yevropa Kengashining energetika ittifoqi o‘zaro savdo munosabatlarida hisob-kitoblar uchun yevro va rublga o‘tish borasida ishchi guruh shakllantirishga kelishib oldi”, — Diplomatik strategiyalar tadqiqot markazi.

“17-iyun Xalqaro cho‘llashish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni. Cho‘l hududlari Yer sayyorasining 40 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi va unday hududlar 2 milliarddan ortiq aholining yashash makoni hisoblanadi”, — BMT.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют