» » Sankt-Peterburgda 23 yashar qizni 16-qavatdan uloqtirgan o‘zbekistonlik yigit 9 yilga qamaldi

Sankt-Peterburgda 23 yashar qizni 16-qavatdan uloqtirgan o‘zbekistonlik yigit 9 yilga qamaldi


Sankt-Peterburgning Neva tuman sudi 23 yoshli mahalliy qizni ko‘p qavatli uyning 16-qavatidan tashlab yuborgan o‘zbekistonlik Rasulbek Ibragimovga 9 yil qamoq jazosi berdi. Bu haqda “Fontanka.ru” xabar bermoqda.

Shuningdek, u marhumaning oilasiga 3 million rubl ham to‘lab berishi kerak bo‘ladi.

Voqea 2018-yil aprelida Latish o‘qchilari ko‘chasida ro‘y bergan. Qiz 16-qavatdan qulagandan so‘ng olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan. Ibragimov qochishga ulgurgan, biroq sentabr oyi oxirida qo‘lga olingan.

Tergov davomida 29 yashar Ibragimov avvaliga ma’shuqasini rashk tufayli kaltaklagani, u hushini yo‘qotganidan keyin esa oynadan uloqtirgani aniqlangan. Yigitning o‘zi aybini tan olmagan va qizga qo‘lini ham tekkizmagani, u o‘zi joniga qasd qilgani da’vo qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют